Huawei 1
Toshkentda yo‘l chiziqlarini chizish va belgilarni o‘rnatishga xususiy sektor jalb qilinadi

Poytaxt hokimligi, ichki ishlar hamda iqtisodiyot va moliya vazirliklari 2025-yilning martiga qadar Toshkent shahrida samarali transport boshqaruvi tizimini tashkil etish va tirbandliklarning oldini olish bo‘yicha sifat jihatdan yangi tizimni yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqadilar.

Bu haqda jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytib o‘tiladi.

Loyihada, jumladan, Toshkent shahrining transport ifratuzilmasini rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi hamda shaharda yo‘l harakatini ilmiy yondashuv hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida tashkil etish bo‘yicha zamonaviy texnik yechimlarni ishlab chiqish orqali transport oqimini samarali boshqarish va tirbandlikni oldini olishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari hal etilishi kerak.

Shuningdek, jamoat transporti harakatini tashkil etish va tartibga solish, uning jozibadorligini oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish reja qilinmoqda.

Hujjat loyihasida Toshkent shahri ko‘chalarida yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil etish, jumladan, yo‘l chiziqlarini chizish, yo‘l belgilari va ko‘rsatkichlarini o‘rnatish, almashtirish, saqlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ushbu ishlarga autsorsing asosida xususiy sektorni jalb qilish ham ko‘zda tutiladi.

Qolaversa, yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan axborot-targ‘ibot ishlarini amalga oshirish hamda yo‘l-transport hodisalarining profilaktikasiga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilyapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11023 | Инструменты