Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti organik sintez sohasidagi kashfiyot uchun berildi

2026-yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari Anri Kagan va Kenso Soai bo‘ldi. Mukofot “asimmetrik organik sintezdagi nochiziqli effektlar va avtokatalizni kashf etganliklari uchun” taqdim etildi, deyiladi qo‘mita saytida.

“Anri Kagan va Kenso Soai bir asrdan ortiq vaqt davomida mavjud bo‘lgan kimyoviy jumboqqa — gomoxirallikning o‘z-o‘zidan qanday paydo bo‘lishi mumkinligiga yechim topishdi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan kimyoviy reaksiyalar hayratlanarlidir”, — deya ta’kidladi Kimyo bo‘yicha Nobel qo‘mitasi raisi Hayner Linke. Olimlarning kashfiyoti “farmatsevtika preparatlarini ishlab chiqarish uchun reaksiyalarni loyihalovchi kimyogarlar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi”, deya qo‘shimcha qildi qo‘mita.

“Nobel haftaligi” 6-oktabr kuni fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha laureatlar e’lon qilinishi bilan boshlandi — unga optogenetikani yaratganliklari uchun Karl Deysserot, Peter Hegeman va Georg Nagel sazovor bo‘ldi. Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti esa koinot neytrinolarini kashf etgani uchun Frensis Halsenga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110107 | Инструменты