Huawei 1
Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar termasi Osiyo chempionatini 8 ta oltin bilan yakunladi

Iordaniyada start olgan Osiyo chempionati bugun o‘z yakuniga yetdi. Kun davomida U-17 terma jamoamiz final bahslarini o‘tkazdilar. Qitʼa birinchiligi bahslariga ko‘ra vakillarimiz 8 ta oltin, 7 kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

-48 kg. Habibulla Saynazarov

-57 kg. Asilbek Abduqodirov

-63,5 kg. Saidxo‘ja Saʼdillaxo‘jayev

-70 kg. Diyorbek Murodilloyev

-48 kg. Nazokat Mardonova

-57 kg. Farzuna Ro‘ziyeva

-60 kg. Rushanabonu Isoyeva

-80 kg. Mavjuda Abdusaidova

Kumush medal:

-54 kg. Bobomurod Boymirzayev

-60 kg. Abrorbek Sharipov

-75 kg. Xurshidbek Jo‘rayev

-50 kg. Shodiyona Meliqo‘ziyeva

-54 kg. Sabrina Chakomanova

-70 kg. Ulbosin Jalgasbayeva

-75 kg. Samira Turg‘unova

Bronza medal:

-52 kg. Asadbek Esonboyev

+80 kg. Artur Kenesbayev

-52 kg. Qumriniso Muhammadova

+80 kg. Sohibaxon Xudoyberdiyeva

Musobaqa yakunlariga ko‘ra barcha yosh toifasidagi terma jamoalarda vakillarimiz 15 ta oltin, 15 ta kumush va 12 bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Ushbu natija bilan bokschilarimiz turnirda ikkinchi bo‘lishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90715 | Инструменты