Toshkentdagi 154-sonli avtobus yo'nalishi o'zgartirildi

2023-yil 21-iyun kunidan boshlab, "4-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 154-sonli “Zangiota  yuqumli kasalliklar shifoxonasi – Olchazor mahallasi” avtobus yo‘nalishi harakati “Bobur mahallasi”dan Bobur, S.Jo‘rayev, Yangi Sergeli yo‘li, Qipchoq ko‘chalari, 4P21 halqa yo‘li orqali Zangiota  yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha o'zgartirildi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining xabariga ko'ra, yo'nalish nomi 154-sonli “Bobur mahallasi – Zangiota  yuqumli kasalliklar shifoxonasi” etib belgilandi.

Qayd etilishicha, mazkur o'zgartirishlar  yoʻnalishlar tarmogʻini muvofiqlashtirish, harakat tarkiblaridan samarali foydalanish, yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты