Toshkentdagi 181-sonli avtobus yo‘nalish harakati qisqartirilmoqda

2023-yil 1-iyun kunidan boshlab 181-sonli “Yangi yo‘l dehqon bozori - Farhod bozori” avtobus yo‘nalishi harakati “Yangiyo‘l dehqon bozori - Olmazor metrosi” oralig'ida yetkazib beruvchi avtobus yo‘nalishi sifatida tashkil etilmoqda.  Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu yo'nalish “Yangiyo‘l dehqon bozori - Olmazor metrosi” oralig'ida 11 ta jadval asosida 13 daqiqalik  oraliq interval bilan harakatlanadi.Shuningdek, ushbuavtobus yo'nalishi harakatining o'zgartirilishi Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ma'lumot uchun, yo‘nalishdan foydalanayotgan yo‘lovchilar uchun Olmazor metrosi bekatidan Farhod bozoriga 41 va 116-sonli bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari orqali yetib olish imkoniyati mavjud.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50619 | Инструменты