Huawei 1
Toshkentdagi falokatli zilzilaga 54 yil to‘ldi

1966-yilning 26-aprel kuni soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda Toshkent shahrida  Rixter o'lchovi bo'yicha 8 balli, magnitudasi 5,3 ga teng zilzila sodir bo'ldi.

Magnitudasi uncha katta boʻlishiga qaramay, oʻchogʻi yer sathiga yaqin boʻlgani tufayli shahar hududidagi koʻpgina inshootlar jiddiy talafot koʻrdi.

Lekin shahar chekkasida zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi. 2-3 Hz chastotali yer silkinishlari 10-12 soniya davom etdi. Qurbonlar soni kamligi (8 kishi halok boʻlgan, bir necha yuz kishi jarohatlangan) esa silkinishlarning boʻylama boʻlganligi bilan izohlanadi, boʻylama tebranishlarda binolar katta zarar koʻrmaydi. Ammo hodisadan keyingi yurak va asab hastaliklari tufayli qurbonlar soni koʻpaydi.

Zilzila natijasida ko‘plab oilalar uysiz qoldi, bino va inshootlar vayron bo‘ldi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishga katta kuch va mablag‘ sarf etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50810 | Инструменты