Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi GESdan 2000-yilda tug‘ilgan yigitning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 12-noyabr kuni fuqaro S.X. 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Chilonzor tumani, “Beshyog‘och” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Anhor” kanalida rus millatiga mansub erkak kishining cho‘kib ketganligi bo‘yicha xabar bergan. Ushbu xabar asosida voqea joyiga chiqilib, kanalda cho‘kib ketgan shaxsni topish choralari ko‘rilgan va holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv hujjatlari to‘plangan.
Bundan tashqari, 13-noyabr kuni Uchtepa tumani, 24-mavzeda yashovchi I.G. tuman IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘g‘li 2000-yilda tug‘ilgan A.B. 11-noyabr kuni soat 15:30 larda uyidan chiqib ketib bedarak yo‘qolganligini aytib, uni topishda yordam so‘ragan.
20-noyabr kuni soat 08:45 larda Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasidagi GESdan A.B.ning jasadi topilgan.
Hozirda A.B.ning murdasi topilganligi bo‘yicha to‘plangan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari Uchtepa tuman prokuraturasiga yuborildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112019 | Инструменты