Huawei 1
Toshkentdagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 20-sentabr kuni soat 21:43da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Tezkor boshqaruv markaziga Yuqorichirchiq tumani, “Navroʼz” mahallasi hududida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yongʼin sodir boʼlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, aytilgan manzilga yongʼin oʼchirish boʼlinmalari soat 21:48da yetib borib, alanga 22:40da qurshab olingan va soat 23:56 da toʼliq bartaraf etildi.

Sodir boʼlgan yongʼinni bartaraf etishga jami 8 ta texnikalari va 50 nafarga yaqin shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Yongʼin oqibatida korxonaning 150 kvadrat metr maydoni yongʼindan zararlanib, amalga oshirilgan saʼy harakatlar natijasida 600 kvavdrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʼlganlar yoʼq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92114 | Инструменты