Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 147-sonli umumta’lim maktabida chiqindilardan tayyorlangan liboslar tanlovi o‘tkazildi.Ta’lim muassasasi rahbari Zamira Isaeva tashabbusi bilan o’tgan g‘ayrioddiy tanlovda ota-onalar va o‘quvchilar maishiy chiqindilar muammosiga boshqa tomondan qarashga urinishdi: ozgina fantaziya va tabiatga bo‘lgan muhabbat samarasi o‘laroq haqiqiy "EcoModa-2023" shousi namoyish etildi.
Direktorning aytishicha, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad kichkintoylar va kattalar e’tiborini ekologik muammolarga, yillar davomida yer tagida chirimaydigan chiqindilar muammosiga qaratish edi.
Tanlov davomida sizu-biz chiqindixonalarda ko‘rishga odatlangan materiallardan: jumladan, plastik idishlar, polietilen paketlar, konfetlar o‘ramlari va boshqa materiallardan tayyorlangan dizaynerlik kostyumlari modellari namoyish etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22020 | Инструменты