Ijtimoiy tarmoqlarda Informatika o‘qituvchisi o‘quvchisini urgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganildi.
Qayd etilishicha, holat joriy yilning 16-may kuni Chilonzor tumanidagi Tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan S.Sirojiddinov nomidagi Respublika akademik litseyida sodir bo‘lgan.
Unda o‘quvchi J.M. (2007-yilda tug‘ilgan) ushbu fanga tayyorgarlik ko‘rmaganligi va o‘qituvchi M.A. (1997-yilda tug‘ilgan) bir necha bor ogohlantirsa-da, bola tartibga kelmaganligi uchun o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqib, o‘qituvchi o‘quvchining yuz qismiga qo‘li bilan qattiq urganligi aniqlangan.
Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111304 | Инструменты