Toshkentdagi mehmonxonalardan birida janjal qilgan 3 nafar qiz 10 kunga qamaldi

Toshkentdagi mehmonxonalarning birida bir nechta fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi

Aniqlanishicha, 3 nafar shaxslar N.Sh., Q.G‘., va B.N., jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini mensimasdan joriy yil 14-iyun kuni soat 05:30 atrofida Chilonzor tumanida joylashgan "ISTEM 5 STAR HOTEL" mehmonxonasi oldida ikki nafar shaxslar bilan janjallashib, baqir-chaqir qilishib, shu atrofda yashovchi aholining osoyishtaligini buzishgan.

IIB xodimlari tomonidan ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida 3 nafar huquqbuzar shu yilning 23-iyun kuni Chilonzor tumani IIO FMBga yetib kelishi to‘g‘risida chaqiruv xati berilgan bo‘lishiga qarmasdan kelishmasdan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarishmagan.

Sud hukmiga ko‘ra, N.Sh., Q.G‘., va B.N.lar MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilishgan deb topildi va ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70402 | Инструменты