Huawei 1
Toshkentdagi “Muhteshem Doner” restoranida ommaviy zaharlanish yuz berdi

Joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari ovqatdan zaharlanish belgilari bilan jami 23 nafar fuqaro, shulardan 22 nafari Epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasiga hamda 1 nafari Toshkent shahar 4-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi. Bu haqda Sanepidqo'mita matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra ularning barchasi 2024 yilning 5 sentyabr kuni  Yunusobod tumanida joylashgan “MUHTESHEM DONER” kafesida bir necha turdagi taomlarni isteʼmol qilganligi maʼlum bo‘ldi. 

"Olib borilgan davolash muolajalari natijasida bemorlarning ahvoli yaxshilangan va 12 sentyabr 09:00 holatiga ularning 13 nafariga uyiga ruxsat berilgan. Qolgan 10 nafar bemorga davolash muolajalari davom ettirilmoqda va kasallik dinamikasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Barcha bemorlarning ahvoli qoniqarli holatda", deyiladi xabarda.

Bugungi kunga kelib Sanepidqo‘mning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan “MUHTESHEM DONER” kafesi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, isteʼmol qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qoldiqlaridan namunalar olinib, laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Birlamchi epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra zaharlanishga kafeda tayyorlangan sous (bemorlarning barchasi isteʼmol qilgan mahsulot) sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin degan xulosaga kelinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91913 | Инструменты