Huawei 1
Toshkentdagi ochiq maydonga o‘t ketdi

24 may kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida ochiq maydondagi quruq o‘t yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 12:33 da tumanning Farobiy ko‘chasida ochiq maydonda quruq o‘t yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:31 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, vaziyat Toshkent shahar FVB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72917 | Инструменты