Huawei 1
Toshkentdagi savdo markazlaridan birining mas’uli xodimini kaltakladi

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yirik savdo markazlaridan birining mas’uli qo‘l ostida faoliyat yurituvchi xodimini kaltaklab, videoga oldirdi. Mazkur holat tarmoqlarda tarqalgach, ko‘pchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi.

Savdo markazi asoschisi Omadbek Xolmatov videoni tarmoqlar orqali ko‘rib qolganini aytib, holatdan o‘zi ham shokka tushganini ma’lum qildi.  

Zo‘ravonlik jazosiz qolmaydi. Bu qilingan ablah ish uchun qonuniy javobgarlikka tortilishiga ishonamiz. Yillar davomida kelayotgan mijozlarga yaxshi muaomala qilishga harakat qilamiz. Hurmat ko‘rsatishga urinamiz. Lekin ko‘plab bolalar ishlagani uchun aynan shu holatni nazoratga ololmay qolibmiz, buning uchun uzr so‘raymiz,  deydi savdo markazi asoschisi. 

Savdo markazi rahbari bunday zo‘ravonlikka qarshi ekanini, bunday harakat jazosiz qolmasligiga ishonishini aytmoqda. 

Mazkur holat bo‘yicha qonuniy tartibda chora ko‘rish ishlari boshlangan, tafsilotlari haqida xabar beramiz, deydi u. 

Omadbek Xolmatov bitta xodimining o‘ylamay qilgan ishi uchun yillar davomida xalq orasida ishonch qozongan va obro‘ orttirgan savdo markazi faoliyatini qoralab tashlamaslikni so‘radi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты