Bugun, 18-sentabr kuni soat 07:28 da Olmazor tumani, Usta Shirin ko’chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 07:58 da qurshab olinib, soat 08:56 da batamom o‘chirildi.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo’q.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini, Toshkent shahar FVB boshlig’i nazoratida amalga oshirildi. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты