Huawei 1
Toshkentdagi TXAY va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi 2 ta yo‘l yopiladi

TXAY va Farg‘ona yo‘li ko‘chalarini birlashtiruvchi ikkita yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 19 mart kunidan boshlab ishlar yakuniga qadar yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabariga ko'ra, «Kompas» SKM yonidagi yo‘l qismi bilan  Xalqa yo‘lining Tantana ko‘chasi bilan kesishmasidan Farg‘ona yo‘l ko‘chasiga burilish qismida rekonstruksiya ishlari bajariladi.

"Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni iltimos qilamiz. Ma'lumot uchun, Tantana ko‘chasi transport qatnovi uchun ochiq", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61610 | Инструменты