Huawei 1
Toshkentdagi xususiy maktablarning birida 2 nafar o‘qituvchi 9-sinf o‘quvchini kaltakladi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi xususiy maktablarning birida o‘qituvchilar muntazam ravishda o‘quvchilarni kaltaklab kelayotgani aytilgan xabar ijtimoiy tarmoqlarga sizdirlidi. Ushbu holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha ushbu holat ombudsman tomonidan nazoratga olingan. Tuman IIO FMB tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, mazkur xususiy maktabning 9-sinf o‘quvchisi G‘.J.ga (2008 yilda tug‘ilgan) maktab o‘qituvchilari A.F. va N.M.lar tomonidan jismoniy kuch ishlatilgan. Tayinlangan sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, G‘.J.ga yengil tan jarohati yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan A.F. va N.M.larning xatti-harakatlariga qonuniy chora ko‘rish uchun mazkur ish materiallari Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudiga yuborildi.

"Bolalar ombudsmani o‘z vakolatlari doirasida mazkur ish yuzasidan kuzatuvini davom ettiradi. Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100421 | Инструменты