Huawei 1
Toshkentdagi Yangobod bozorida qizil kitobga kiritilgan hayvonlar sotilayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Yangiobod ixtisoslashgan bozorida noqonuniy ravishda Qizil kitobga kiritilgan noyob qushlar va hayvonlar sotilayotgani aks etgan suratlar tarqaldi. 

Vaziyatni ekologiya qo‘mitasi inspektorlari, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rganishgan. Ma'lum bo'lishicha, haqiqatan ushbu bozorda yo‘qolib borayotgan noyob qushlar va hayvonlarni sotayotgan shaxslar aniqlangan. 

Tadbir davomida davlat inspektorlari tomonidan 3 ta holatda noqonuniy ravishda sotilayotgan jami 63 ta  toshbaqa tegishli tartibda olingan va qonuniy to‘xtamga kelingunga qadar vaqtinchalik  Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Shuningdek, Qizil kitobga kiritilgan ushbu noyob hayvonlarni qonunga zid ravishda sotayotgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi"ning tegishli moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida huquq tartibot idoralariga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50809 | Инструменты