Bugun, 8-iyun kuni soat 12:50 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan do‘kon va dorixonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:58 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:04 da o‘rab olingan va soat 13:09 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra do‘kon va dorixonaning taxminan 80 kv.m. maydonda old tomon alkapon qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51116 | Инструменты