Toshkent shahar Statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-aprel holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 978 200 nafarni tashkil etdi.
Qayd etilishicha, shulardan 1 460 800 nafari erkaklar, 1 517 400 nafari ayollardir.
Tumanlar kesimida aholisi eng ko‘p tumanlar uchtaligiga Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari kirdi.
Yakkasaroy va Bektemir esa aholisi eng kam tumanlar sifatida qayd etildi.
2023-yil 1-aprel holatiga aholi tumanlar kesimida quyidagicha taqsimlandi:
• Olmazor tumani — 397,1 ming
• Yunusobod tumani — 369,5 ming
• Shayxontohur tumani — 361,8 ming
• Mirzo Ulug‘bek tumani — 324,9 ming
• Uchtepa tumani — 295,3 ming
• Yashnobod tumani — 293,0 ming
• Chilonzor tumani — 272,9 ming
• Yangihayot tumani — 164,4 ming
• Mirobod tumani — 150,1 ming
• Sergeli tumani — 163,8 ming
• Yakkasaroy tumani — 128,6 ming
• Bektemir tumani — 56,8 ming
Alpha version: 0.9.1.19 build 11217 | Инструменты