O'zbekiston elchisi Amirsaid A'zamxo'jayev Polsha Xalq ta'limi vazirligi davlat kotibi Yoanna Muxa bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Muloqot chog'ida elchi O'zbekistonda maktabgacha va maktab ta'limi sifatini oshirish, inklyuziv yondashuvlarni joriy etish va ijtimoiy himoyani rivojlantirishga qaratilgan islohotlar haqida so'zlab berdi.
Tomonlar hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini, shu jumladan maktabgacha, maktab va inklyuziv ta'limni rivojlantirish, til almashinuvi va idoralararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv har ikki tomonning ta'lim sohasidagi hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga tayyorligini tasdiqladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11218 | Инструменты