Transport vazirligi tomonidan berilayotgan raqamli taxograf kartalarining Yevropa ittifoqida ishlatilishiga nisbatan hech qanday taqiq mavjud emas. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Vazirlikning tushuntirishicha, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar raqamli taxograf kartalariga qo‘yiladigan talablarga duch kelayotgan xavotirli emas.
Transport vazirligi huzuridagi Transport ilmiy tadqiqot markazi tomonidan berilayotgan raqamli taxograf kartalarining Yevropa ittifoqida ishlatilishiga nisbatan hech qanday taqiq mavjud emas
Mazkur turdagi karta smart taxografda ham ishlaydi. “Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashiydigan transport vositalari ekipajining ish faoliyatiga taalluqli Yevropa bitimi” (YESTR)ga a’zo mamlakatlarda ushbu raqamli kartalar muammosiz qabul qilinadi, deyiladi vazirlik axborotida.
Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston tomonidan berilayotgan raqamli taxograf kartalari Yevropa ittifoqi doirasida to‘liq amal qiladi.
Ma’lumot uchun, taxograf uchun haydovchi kartasi smart kartani anglatadi — bunday raqamli qurilma bilan jihozlangan har bir transport vositasining majburiy atributi. Bunday karta shaxsiydir, ya’ni bitta haydovchining bir nechtasi bo‘lishi mumkin emas.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты