O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va “UzCard” tomonidan joriy yilning 14-sentabridan 19-oktabr kuniga qadar mamlakatimizdagi tijorat banklari o‘rtasida futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
14-sentabr kuni start oladigan ushbu bellashuvlarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki jamoasi ham faol ishtirok etadi. Bugun “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Z.Kurganov jamoa a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mazkur turnirning nizomi va uni tashkil etishning asosiy yoʻnalishlari borasida ma’lumot berildi. Qolaversa, o‘yin taktikalari, qo‘llab-quvvatlovchi muxlislarni jalb qilish va boshqa qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, jamoaning kubogni qo‘lga kiritishiga tilak bildirildi.
Shu o‘rinda, “Trastbank” jamoasiga muvaffaqiyatlar tilab va turnirning eng yaxshi jamoasi sifatida e’tirof etilishiga ishonch bildiramiz.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu sport musobaqasining final bosqichi 2024-yil 19-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100317 | Инструменты