“Hududlarda yuqori iqtisodiy o'sish va aholi bandligini ta'minlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, 2025-yildan quyidagilarga ruxsat beriladi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga:
- tuman (shahar)larning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqib, YTTlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining eng kam va eng yuqori qat'iy belgilangan stavkalari doirasida tuman (shahar)lar kesimida YTTlarga qat'iy soliq stavkalari miqdorini belgilash;
- soliq solish maqsadida qo'llanadigan ko'chmas mulk ijara qiymatining 1 metr kvadrat uchun o'rnatilgan minimal miqdorlariga nisbatan tuman (shahar)lar kesimida 2 barobargacha oshiruvchi koeffisient, xususan, Toshkent shahrida ushbu oshiruvchi koeffitsientni yer solig'i kabi zonalar kesimida qo'llash;
- xalq deputatlari tuman (shahar)lar kengashlariga:
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,7 barobardan 1,5 barobargacha kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsient qo'llash;
- noruda qurilish materiallari bo'yicha yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliqning qat'iy belgilangan stavkalariga 1,3 barobargacha oshiruvchi koeffitsient belgilash vakolatlarini berish.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты