Huawei 1
Turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari necha nafarni tashkil etgan?

Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyul oylarida 123 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Turkiyaga ketgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 20,2 ming nafarga yoki 19,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida Turkiyaga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:

dam olish – 95 140 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 23 888 nafar;

davolanish – 1 696 nafar;

o‘qish – 1 240 nafar;

xizmat yuzasidan – 1 009 nafar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122602 | Инструменты