Memorandum doirasida O'zbekistondagi madaniy meros obyektlarini rekonstrukiya qilish nazarda tutilgan
Joriy yil 28-iyul kuni O‘zbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi binosida “Milliy PR-markazi” DUK direktori D.M. Samandarova va “ECM Spectrum” kompaniyasi direktori S.R. Alimov o‘rtasida memorandumimzolandi.
Memorandum doirasida O‘zbekiston hududida turizm, logistika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, bosh rejalashtirish asosida sayyohlik hududlarini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni, shuningdek, hududdagi madaniy meros obyektlarini redevelopment (qayta ta’mirlash) va zamonaviy foydalanishga moslashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
So‘nggi yillarda "ECM Spectrum" O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini katta ishtiyoq bilan kuzatib bormoqda. Turistlar oqimining ortishi, mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanish sur’atlari va boshqa ijobiy omillar "ECM Spectrum" kompaniyasining O‘zbekiston Hukumati tomonidan sayyohlarga qulay shart-sharoitlar yaratish sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarda ishtirok etishga intilishiga ta’sir qildi.
"ECM Spectrum" ko‘p yillik xalqaro tajribani inobatga olgan holda O‘zbekistonning turizm sohasidagi rivojlanishini katta ishtiyoq bilan kuzatmoqda.
Ma’lumot o'rnida, ECM Spectrum – Berlinda ofisiga ega bo‘lgan Yevropa injiniring kompaniyasi bo‘lib, u Germaniya, Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va bir qator MDH davlatlarida xalqaro darajadagi xizmatlar ko‘rsatib, sanoat, infratuzilma va ko‘chmas mulk sohasida zamonaviy loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты