Huawei 1
Uch oyda O'zbekistonning uch viloyatida 3 ta yangi IES ishga tushirildi

Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida O'zbekistonning 3 ta viloyatida umumiy quvvati 684 MVt bo‘lgan 3 ta yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Xususan, joriy yil 11 yanvar kuni Buxoro viloyatining Buxoro tumanida quvvati 270 MVt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi;

- 14 yanvar kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi;

- 10 mart kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida quvvati 174 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi.

Ushbu 3 ta elektr stansiya yiliga 5 milliard 600 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qurilmalarning energiya tejamkorligi hisobiga yiliga 725 million metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 2 milliard 700 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Ma’lumot uchun, mart oyi yakuniga qadar Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 230 MVt bo‘lgan navbatdagi, ya’ni 4-chi yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga