Ummon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi

Ummon O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz bo‘lib turish tartibini joriy qildi. Bu haqda O‘monning O‘zbekistondagi elchixonasi maʼlum qilgan.

Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan ko‘proq vaqt mobaynida bo‘lishni istagan o‘zbekistonliklar O‘monga kirish paytida aeroportning o‘zida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston prezidentining 2023 yil 9 fevraldagi "O‘zbekistonda ichki va ziyorat turizmini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, 2021 yil 1 martdan boshlab Ummon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70402 | Инструменты