Huawei 2
Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi.

Ma'lum qilinishicha, tumanda faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligi rahbari A.E. fermer xo‘jaligi binosida 11 ta isitish qozonlarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga