O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, ustoz jurnalist Orifjon Muhammadjonov 86 yoshida olamdan o‘tdi.
Orifjon Muhammadjonov 1938-yil 27-martda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Turli yillarda «O‘zbekiston matbuoti» jurnali, «Golos Uzbekistana», «Xabar», «Sado» gazetalarida bosh muharrir lavozimida ishlab, milliy jurnalistika rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
1988-1991 yillarda esa O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi o‘rinbosari vazifasida samarali faoliyat yuritgan.
Uzreport.news tahririyati marhumning oila aʼzolari hamda yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111819 | Инструменты