UzAuto Motors 5 xil turdagi Onix narxlarini oshirdi

UzAuto Motors besh pozitsiyadagi Chevrolet Onix avtomobillarining narxlarini oshirdi. “Chevrolet.uz” saytidagi yangilangan maʼlumotlarga ko'ra, Onix narxlari 19 foizgacha oshirilgan.

Chevrolet Onix modellarining narxlari quyidagicha o‘zgargan:  

- Chevrolet Onix LS MT - 149 mln so‘mdan 176,9 mln so‘mga;

- Chevrolet Onix 1LT MT - 155 mln so‘mdan 180,8 mln so‘m;

- Chevrolet Onix 4LT LTZ Turbo AT - 185 mln so‘mdan 199,9 mln so‘mga;

- Chevrolet Onix Premier 1 - 207,3 mln so‘mdan 211,9 mln so‘mga;

- Chevrolet Onix Premier 2 - 214,7 mln so‘mdan 219,6 mln so‘mga qimmatlagan.

Hozircha kompaniya mazkur modellar narxi oshirilgani bo‘yicha izoh bermadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты