Huawei 1
UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktatsiyani ochadi

“UzAuto Motors” dekabr oyining ikkinchi yarmida ommabop avtomobillar uchun onlayn kontraktatsiyani ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi avtomobillar uchun shartnomalar mavjud bo‘ladi:

- “Cobalt” — 124 264 000 so‘mdan;

- “Damas” — 93 156 000 so‘mdan;

- “Labo” — 93 771 000 so‘mdan.

Maskur modellar uchun kontraktatsiya 2024-yilda ishlab chiqarish rejalashtirilgan hajm uchun ochiq bo‘ladi. Kompaniya aniq sana rasmiy sahifalarda alohida e’lon qilinishini qayd etgan.

Izohlar: 144
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123021 | Инструменты