Huawei 1
UzAuto Motors "Labo" uchun kontraktatsiyani ochadi

“UzAuto Motors” “Labo” avtomobillari uchun kontraktatsiya ochilganligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya bozorda ortib borayotgan talabni inobatga olgan holda, 2024-yilning 2-yarmi uchun avtomobillar ishlab chiqarish hajmini oshirdi.

Ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar, shuningdek, bundan oldingi kontraktatsiyada xaridorlar tomonidan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi 2024-yil uchun kontraktatsiyaga avtomobillar qo‘shimcha hajmini chiqarish imkonini berdi.

Shu munosabat bilan 29-mart soat 10:00da “Labo” avtomobillarining 18 000 dona hajmi uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi.

Kompaniyaning qayd etishicha, avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qoladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga