Uzum, Olcha va Glotr onlayn marketpleyslarida kontrafakt mahsulotlar sotilishi bo‘yicha monitoring o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Uzum Marketda 220 ga yaqin, Glotr va Olchada 50 ga yaqin kontrafakt mahsulotlar savdoga taklif etilayotgani maʼlum bo‘lgan.
Mahsulotlar asosan kiyim-kechak, kosmetika vositalari hamda maishiy texnikalarda ko‘proq uchramoqda. Xususan, mashhur brendlar — Puma, Lacoste, Adidas, Chanel, Eclat, Gucci, Samsung, Bosch kabi tovar belgilari bilan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotuvga taklif etilmoqda.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha huquq egalarining murojaatlariga asosan Uzum Market onlayn marketpleysidan baʼzi kontrafakt mahsulotlarning savdosiga chek qo‘yilgan va olib tashlangan.
«Hozirda qolgan huquqbuzarliklar yuzasidan ham huquq egalariga maʼlumotlar yuborilgan va ular tomonidan munosabat bildirilganidan so‘ng tegishli taʼsir choralari qo‘llanadi», — deyiladi xabarda.
Vazirlik departamenti tadbirkorlardan intellektual mulkka bo‘lgan huquq buzilganda, 1008 ishonch telefoni orqali xabar berishni yoki info@adliya.uz elektron pochta manzili orqali murojaat qilishni so‘radi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты