Huawei 1
Vodiy viloyatlarida jami 12,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati va bо‘lim xodimlari hamda “Energosavdo” filiali Andijon, Namangan  va Farg‘ona bo‘linmalari tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini aniqlash yuzasidan о‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini mensimasdan davlat mulkidan о‘zboshimchalik bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, joriy yilning 28-apreldan 4-maygacha viloyatlar bо‘ylab о‘tkazilgan reyd tadbirlarida iste’molchilar tomonidan 13,89 mln. kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari natijasida jami 12,5 mlrd sо‘m zarar yetkazilganlik holatlari bо‘yicha dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, tadbirlar davomida 46 ta iste’molchilarning 3 mlrd 400 million sо‘mlik debitor qarzdorligi undirildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda tо‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты