Respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Xamidov Vohid Sobirovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etildi.
Shavkat Mirziyoyevning 2023-yil apreldagi qarori bilan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilgan. Vohid Xamidov iyun oyida uning direktori etib tayinlangandi.
Vohid Hamidov bungacha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida, shuningdek, Avtotest Mirobod`da rahbar sifatida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10509 | Инструменты