"Xalq so'zi" gazetasi muxbiri Saidjon Maxsumov avtohalokatda vafot etdi
“Xalq soʻzi” gazetasi muxbiri, taniqli jurnalist Saidjon Maxsumov 35 yoshida, avtohalokat hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
S.Maxsumov Toshkent viloyatining Parkent tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Faoliyatini “Maʼrifat” gazetasida boshlab, shu kungacha “Xalq soʻzi” gazetasida faoliyat yuritib kelyotgan edi.
Uzreport AA marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51119 | Инструменты