O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, Xalqaro A.Nobolsin mukofoti laureati va xalq ta’limi vazirining sobiq o‘rinbosari Xayriddin Fathiddinovich Mas’udov 6 fevral kuni 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Xayriddin Mas’udov 1937 yil 27 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1956 yilda texnika sohasida boshlagan, keyinchalik butun umrini ta’limga bag‘ishlagan.
U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
2017 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston “Barkamol avlod” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20717 | Инструменты