Huawei 1
Xalqaro Nordik Universiteti va “UzReport” axborot agentligi hamkorligida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” tashkil etildi

Xalqaro Nordik Universiteti va “UzReport” axborot agentligi o‘zaro xamkorlikda “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi”ni tashkil qildi. Ushbu yangi tashkil qilingan Akademiyada “Jurnalistika” taʼlim yo‘nalishi (bakalavriat) va mutaxassisligi (magistratura) bo‘yicha dual taʼlim shaklda jurnalistika sohasida eng yangi innovatsiyalar, xolis, tezkor va kreativ nuqtai nazar, professional bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda qayd etish joiz, davlatimiz rahbari  tomonidan OAV sohasida oliy maʼlumotli, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash sifatini tubdan oshirish, axborot sohasini erkinlashtirish va rivojlantirish, mamlakat ravnaqi yo‘lida faoliyat olib borayotgan tizimlar, tarmoq va sohalarda ochiqlik, oshkoralikni taʼminlash orqali jamiyatimizda shaffof muhit yaratish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Bunda talabalarni dual taʼlim dasturlari bo‘yicha o‘qitish, belgilangan muddatlarda oliy taʼlim muassasasidagi o‘quv jarayonlarida ishtirok etishlarini va tegishli tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar bilan birga mehnat faoliyatini olib borishlarini taʼminlash, bu borada tizimli nazorat o‘rnatish vazifalari belgilangan. (Maʼlumot uchun, dual taʼlim – taʼlimning nazariy qismi oliy taʼlim muassasasida, amaliy qismi esa ish joyida o‘tkaziladigan shakl hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonuni 15-moddasiga muvofiq, “Dual taʼlim” taʼlim olish shakllaridan biri sifatida kiritilgan).

Mazkur taʼlim yo‘nalishi va mutaxassisliklarga hujjat topshirgan abituriyentlarni saralab olish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich – test shaklida (Ona tili va adabiyoti, tarix fanlaridan) va ikkinchi bosqich – og‘zaki va yozma ish shaklida bo‘lib o‘tadi.

Akademiyada o‘qish davrida talabalarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

- o‘qish davomida parallel ravishda daromad topish imkoniyatini yaratish: “UzReport TV”, “FTV” telekanallari, www.uzreport.news axborot portalida muxbir, muharrir, tasvirchi, PR-menejer, videomontaj ustasi, suxandon, ijtimoiy tarmoqlarda SMM mutaxassisi sifatida ishlash;

- bir paytning o‘zida dual taʼlim asosida akademik taʼlim va “UzReport”  Axborot Agentligida amaliy bilim oladi;

- jamoaviy loyihalar taqdim etiladi, xorijiy va mahalliy ilmiy grantlarda ishtirok etish, startap loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha treninglar,  jurnalistika sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan xorijiy ekspert-jurnalistlar taklif etilgani holda “mahorat darslari” ham tashkil etiladi;

- uchun nafaqat mahalliy tele-kanallarda amaliyot o‘tashi, balki xorijiy davlatlarda, xususan, Finlyandiya, AQSH, Janubiy Koreya, Italiya, Shvetsiya, Vengriya, Fransiya davlatlarida stajirovkalar ham tashkil etiladi;

- yozgi taʼtil davomida talabalar uchun maxsus “Work and Travel” dasturi tashkil etiladi. 

2024-2025 o‘quv yilga bakalavriat kunduzgi taʼlim shakliga – 60 nafar, sirtqiga – 60 nafar va  magistraturaga – 30 nafar talaba qabul qilinadi. Bakalavriatda kunduzgi o‘qish shakli uchun to‘lov yiliga 32 mln. so‘m, sirtqi taʼlim olish uchun 34 mln. so‘m bo‘lsa, magistraturadagi taʼlim uchun 36 mln. so‘mni tashkil etadi. Taʼkidlash lozim, barcha qabul qilingan talabalarga 20% dan 100 foizgacha taʼlim granti taqdim etiladi. Grantlar Xalqaro Nordik Universiteti, “UzReport” Axborot Agentligi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar tomonidan ajratiladi.

Bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi 5 yil va magistraturada tahsil olish jarayoni 2 yilni tashkil etadi. Bakalavriat diplomini olish uchun talaba 240 kredit, magistr darajasini olish uchun 120 kredit to‘plashi lozim. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.

Qo‘shimcha maʼlumotlarni Xalqaro Nordik Universiteti saytidan topish mumkin: https://nordicuniversity.org/index.uz.html

Shuningdek, quyidagi telefon raqamga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: +99855 5084400

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11319 | Инструменты