Huawei 1
5-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik mustahkamlanadi

Deputatlar tomonidan soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko'maklashuvchi tizim yaratiladi

Qarorga ko'ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo'lga qo'ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

2025-2026-yillar O‘zbekiston-Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri deb e’lon qilinadi

"Perdana Putra" hukumat majmuasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi. Malayziya hukumati O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Xorijga chiqib ketgan pensionerlarga pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi

Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

O‘zbekiston Qozog‘istonga 1-oktyabrgacha 16 mlrd kub metr suv jo‘natadi. Bu o‘tgan yilga nisbatan bir mlrd kub metrga ko‘p

O‘zbekiston 2025-yilgi sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” kanali orqali suvning barqaror ta’minlanishiga ham yordam berishi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladi

Qabul qilingan hujjatlar orasida oliy taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, “aqlli” shaharlarni rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol va boshqalar bor.

Shavkat Mirziyoyev Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi

Muzeyda 10 mingdan ortiq islom sanʼati namunalari saqlanmoqda. O‘zbekiston Prezidenti eksponatlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.

"Samarqand noni" ham geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

"Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.

Elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi.

“Maqsadimiz — munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi. Unda Toshkent viloyatida Malayziya kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev navbatdagi qo‘shma biznes forumini shu yil kuzda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi

Sharifbek Hasanov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston bo‘ylab "Qoradori" tadbirlari o‘tkazilmoqda

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 million so‘m miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.

Nogironligi bo'lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo'lga qo'yiladi

Nogironligi bo'lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o'rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

2024-yilda O‘zbekistonga 24 ming donadan ziyod elektromobil import qilindi

O‘zbekiston 2024-yilda xorijdan qiymati 224,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 24 095 ta elektromobil import qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20520 | Инструменты