Huawei 1
O‘zbekiston prezidenti "Petronas" korporatsiyasi bilan sheriklikni rivojlantirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

Kuala-Lumpur shahridagi ishbilarmonlik dasturining davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim "Petronas” korporatsiyasining bosh qarorgohi - "Twin Towers" binosiga tashrif buyurib, kompaniya prezidenti Muhammad Tavfiq bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Neft-gaz, neft-kimyo va qayta tiklanuvchi energetika sohalarida yetakchilardan biri bo‘lgan ushbu global kompaniya bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari xomashyoni chuqur qayta ishlash va "yashil" energetika loyihalarini amalga oshirish borasidagi istiqbolli rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli uglevodorod konlarini o‘zlashtirish, karbonat angidrid gazini ushlab qolish va saqlash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, “Petronas” universiteti negizida yuqori malakali kadrlar tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты