Huawei 1
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantiriladi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, 2025 yil davomida kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlarini shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari-Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tarkibi hamda hududlarda o‘rganish ishlarini olib borish reja-grafigi tasdiqlandi. 

Endilikda har oyda reja-grafik asosida hududlarda ishlar tashkil etiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning ro‘yxatlari shakllantirilib, xotin-qizlarning muammolarini hal etish choralari ko‘rib boriladi.

Xotin-qizlar o‘rtasida va oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha “Xo‘jayli tajribasi” yaratilib, respublikaning barcha hududlariga tatbiq etildi. 

Shuningdek, Pillachilik sohasida ishlash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitish va ularning ushbu sohada bandligini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha hududlarda ijroga qaratildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20519 | Инструменты