Pekindagi elchixonamiz diplomatlarining Xitoy tomoni bilan olib borgan muzokaralari natijasida XXRda vaqtincha istiqomat qilishi davomida murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan 11 nafar o'zbekistonlik xotin-qizlar Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Fuqarolarga elchixona tomonidan konsullik–huquqiy yordam ko'rsatilib, ularning barchasi Xitoy tomoni va "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Pekindagi vakolatxonasi bilan muvofiqlashtirilgan holda "Pekin–Toshkent" yo'nalishida 22-dekabr kuni O'zbekistonga yetib bordi.
Xitoyning sohaga aloqador vazirlik va idoralari bilan yaqin ishchi hamkorlik o'rnatilgan bo'lib, bundan keyin ham ushbu mamlakatda og'ir hayotiy vaziyatga tushib qoladigan vatandoshlarga sifatli huquqiy yordam va tezkor konsullik xizmatlari ko'rsatish bo'yicha yo'lga qo'yilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61002 | Инструменты