"Xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi to‘g‘risida" gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3613, 24.03.2025 y.).
Mazkur Nizom aksiyadorlik jamiyatlari va masʼuliyati cheklangan jamiyatlar boshqaruv organlarining yig‘ilishlarida ishtirokchilar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko‘ra, jamiyat tomonidan ishtirokchilarga yuboriladigan yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi, shuningdek quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatiladi:
- yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish amalga oshiriladigan platformaning nomi va unga kirish uchun havola;
- platformada identifikatsiyadan o‘tish uchun taqdim etiladigan maʼlumotlar;
- platformadan foydalanishni taʼminlovchi texnik xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqamlari.
- Ishtirokchilar platformaning videokonferensaloqa rejimi orqali yig‘ilishda ishtirok etadilar.
Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32818 | Инструменты