2025-yilning 27-mart kuni taxminan soat 21:50 larda, Yangiyo‘l tuman Markaziy shifoxonasi shifokori L. G‘. ning xabariga ko‘ra fuqarolar Yangiyo‘l tumani Gulbahor mahallasi Gulbahor ko‘chasi 13 a uy, 37-xonadonda yashovchi, 1970-yilda tug‘ilgan B. A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1979-yilda tug‘ilgan, O‘. A. larning tanasi 60 foiz kuyishi tashxisi bilan kelganligini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida Yangiyo‘l tumani Gulbahor mahallasi Gulbahor ko‘chasi 1- uyning 2-qavatida joylashgan 5-xonadonda to‘planib qolgan tabiiy gazning chaqnashi natijasida portlash sodir bo‘lgan.
Buning natijasida B. A. hamda uning turmush o‘rtog‘i 1974-yilda tug‘ilgan O‘. A. lar turli kuyish tan jarohatlari olishgan.
Portlash natijasida 5 ta qavatdan iborat uyning 3 ta qavat xonadonlar oynalari singanligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu ko‘p qavatli uy to‘liq bitkazilib topshirilmaganligi sababli bu yerda fuqarolar yashamasliklari aniqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33113 | Инструменты