Xo‘jaobod tumanidagi profilaktika inspektori Abdurasul Abduvaliyevni pichoqlab o‘ldirgan 65 yoshli erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi Yu.Xolbozorov joriy yilning 4 iyul kuni soat taxminan 6:30 larda Xo‘jaobod tumanining Yuksalish mahallasi So‘qoloq qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan. U qo‘lga olish jarayonida o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Andijonda profilaktika inspektori pichoqlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82614 | Инструменты