Shu yilning 17-mart kuni Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimining o‘rinbosari, tuman Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Jumagaldiyev Umidjon Usmonboyevich baxtsiz voqea oqibatida vafot etdi.
Manbaalarga ko'ra, uning vafotiga yo‘l-transport hodisasiga uchragani sabab bo‘lgan.
Umidjon Jumagaldiyev 1990-yilda Gurlan tumani Xazorasp qishlog‘ida tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. 2021-yilda tuman hokimi o‘rinbosari etib tayinlangan. Uning ortida 3 nafar voyaga etmagan farzandlari qolgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41913 | Инструменты