Huawei 1
Xorazm viloyati hokimiga ham yangi o‘rinbosar tayinlandi

Gulsara Ahmedovna Qurbonboyeva Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gulsara Qurbonboyeva tayinlovga qadar viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlagani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122501 | Инструменты