Huawei 1
Xorazmda aloqa kabelini uzib yuborgan fuqaroga nisbatan ma'muriy jazo chorasi koʻrildi

Xorazm viloyatining Yangiariq tumani, Jaloil mahallasi hududida fuqaro O.N. qazish ishlarini olib borish jarayonida “Oʻzbektelekom” AK Xorazm filiali Yangiariq – Xiva yoʻnalishidagi optik tolali aloqa kabelini uzib yuborgan.

“Oʻzkomnazorat” Inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy shu'basi tomonidan mazkur holat joyiga chiqib oʻrganildi. O'rganish jarayonida fuqaro O.N. telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagani aniqlandi. Hamda fuqaroga “Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy jazo chorasi koʻrildi.

Ushbu aloqa tarmogʻi zaxiralanganligi sababli telekommunikasiya tarmoqlarida toʻxtalishlar va xizmatlar sifati yomonlashishi holatlari yuzaga kelmagan. Huquqbuzarga kelgusida aloqa liniyalari oʻtgan hududlarda qazish ishlarini olib borish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. 

Ma'lumot uchun, o'tgan 2024-yil davomida Xorazm viloyati boʻyicha jami 7 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qazish, kavlash va tekistlash ishlarini amalga oshirish jarayonida aloqa kabellari uzib yuborilgan boʻlib, ushbu holatlarning barchasi boʻyicha telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilishi qoidalari talablariga rioya qilinmaganligi yuzasidan “Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi kodeksning 154-moddasiga asosan ma'mury jazo choralari koʻrilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты