Xorazmda kiyim-kechak do‘konlarida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

14-dekabr kuni soat 03:03 da Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, “Bog‘dor” MFY, E.Gayazov ko‘chasida joylashgan yengil tipdagi konstruksiyadan yasalgan kiyim-kechak do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:50 da o‘rab olingan va soat  05:00 da  bartaraf etildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42720 | Инструменты